loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

INSTITUTDA “QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR” TANLOVINING 2024-YIL MAVSUM CHEMPIONLARI ANIQLANDI

  Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida “Rektor kubogi” uchun “Quvnoqlar va Zukkolar“ tanlovining final o‘yini bahslari o‘tkazildi.

Finalda Rus va qozoq filologiyasi fakultetining “Federiko fellini”, Matematika-informatika fakultetining “Qalqon”, Jismoniy madaniyat fakultetining “Azia star”, O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining “Filolog bojalar” jamoalari ishtirok etib, 3 ta shart boʻyicha bellashdilar.

Yakuniy natijalarga koʻra 3-o‘rinni Jismoniy madaniyat fakultetining “Azia star” jamoasi (4 mln. so‘m), 2-o‘rinni Matematika-informatika fakultetining “Qalqon” jamoasi (6 mln. so‘m) hamda 2024-yil mavsum chempioni — 1-o‘rinni O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining “Filolog bojalar” jamoasi (8 mln. so‘m) qo‘lga kiritdi.