loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Qabul ochildi

  Bugundan boshlab abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro’yxatdan o’tishlari mumkin. Ro’yxatda o’tish jarayonini videoda tushuntirib berganman.

Muhim joylari:

➖ abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini tanlaydi xolos;

➖ agar kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda aynan o’zi kirmoqchi bo’lgan OTMda ijodiy imtihon topshirish shart emas. Masalan, kimdir O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetiga kirmoqchi bo’lsa, unda ijodiy imtihonni istalgan hududda, aytaylik Buxoro yoki Andijonda topshirsa ham bo’ladi;

➖ Test topshirish hududi qismida So’x va Denov tumani ham bor. Ya’ni So’x tumanidagilar Farg’ona shahriga, Denov hamda uning atrofidagi tumanlar Termiz shahriga kelishi shart emas;

➖ O’tgan yili bitirganlar testga kirish uchun 170 ming so’m miqdorida to’lov qilishi kerak bo’ladi. To’lovni 25-iyungacha bo’lib to’lash ham mumkin, undan kechiksa, testga kiritilmaydi;

➖ fikri o’zgarib qolgan abituriyent 25-iyungacha qayta ariza topshirsa bo’ladi. 25-iyundan keyin arizani o’zgartirishga ruxsat berilmaydi;

  •  Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.