Navoiy davlat pedagogika institutida “Fan, texnika, tabiiy fanlar, texnologiya va raqamli taʼlimni rivojlantirish istiqbollari “ASEDU-IV 2024” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.
Anjumanni institut rektori, texnika fanlari doktori, professor Bahodir Sobirov olib bordi. Xalqaro konferensiyada Navoiy davlat pedagogika institutitining ilmiy tadqiqotchilari, professor-oʻqituvchilari va doktorantlar, Termiz davlat universitetidan mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari shuningdek, Sankt-Peterburg milliy taqdiqot universiteti oʻqituvchisi Anastasiya Pivovarova, Krasnoyarsk o‘lkasi fan va texnologiyalar uyi direktori Igor Kovalyov va boshqalar ishtirok etishdi.