loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa bo’lib o’tdi

  Navoiy shahridagi A.Navoiy bog‘ida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan sportning shaxmat turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi DXX Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i KUBOGI sport musobaqalarida NavDPI talabalari ham faol ishtirok etishdi. Bahslarda juda ko‘plab intellektual salohiyat sohiblari ishtirok etdi. Yuqori marralar sari astoydil harakat qilayotgan umidli shaxmatchilar har bir bahsda mas’uliyat bilan dona surdi.

Ushbu o‘tkazilgan musobaqa yuqori darajada tashkil etilganligi bilan ishtirokchilarda katta taassurotlar qoldirdi. “Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish maqsadida tashkil qilingan ushbu bellashuvlarda o‘g‘il-qizlaridan iborat jamoalar o‘zaro kuch sinashishdi. O‘zbekiston Respublikasi DXX Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘ining viloyatimiz yoshlari o‘rtasida tashkil etgan bugungi bellashuvlari ham namunali tarzda tashkil etilib , juda ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilmoqda”-dedi NavDPI prorektori, dots. X.Qurbonov.