loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

SHAXMAT MUSOBAQASI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

 Talabalar ligasi sport musobaqasining shaxmat turi bo‘yicha respublika bosqichi g’oliblari aniqlandi. Navoiy shahri mezbonlik qilgan “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining shaxmat boʻyicha respublika final bosqichi Navoiy davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazida bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizning barcha hududlaridan 28 nafar sportchi: 14 nafar qiz va 14 nafar yigitlar ishtirok etgan bahslar 7 turda o‘tkazildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, yigitlar o‘rtasida 1-o‘rinni Kurbanov Abdulaziz (Toshkent shahri), 2-o‘rinni Javohir Shodiyev (Qashqadaryo viloyati) hamda 3-o‘rinni Temurbek Shernazarov (Samarqand viloyati) qo‘lga kiritdi.

Qizlar o‘rtasida;
1-o‘rin — Sitora Saparova (Toshkent shahri);
2-o‘rin — Madina To‘xtayeva (Buxoro viloyati);
3-o‘rin — Selbi Kakishova (Qoraqalpog’iston Respublikasi).

Gʻolib va sovrindorlar Navoiy viloyati hokimligining qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlandi.