24-26 may kunlari “Talabalar ligasi” sport musobaqalari respublika final bosqichi o‘tkazildi. Yoshlar orasida sportni ommalashtirish maqsadida voleybol, futzal, stol tennisi, basketbol va shaxmat sport turlarida o‘tkazilayotgan liganing basketbol va shaxmat musobaqalariga Navoiy shahri mezbonlik qildi.
“NKMK jamg‘armasi”ga qarashli sport saroyida tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqan tegishli vazirliklar, oliy ta’lim muassasalari hamda Navoiy viloyati hokimligi mas’ullari respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan sportchi yoshlarga omad tiladi.