loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

NAVOIY SHAHRI “TALABALAR LIGASI” SPORT MUSOBAQALARI RESPUBLIKA FINAL BOSQICHIGA MEZBONLIK QILADI

 23-26 may kunlari “Talabalar ligasi” sport musobaqalari respublika final bosqichi o‘tkazildi. O‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasidagi basketbol bahslari Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti mas’ulligida “Sug‘diyona” sport majmuasida, shaxmat bahslari esa Navoiy davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar orasida sportni ommalashtirish maqsadida voleybol, futzal, stol tennisi, basketbol va shaxmat sport turlarida o‘tkazilayotgan musobaqalarni tashkil etish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 7-apreldagi qarorida belgilangan.