loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

MUTOLAA – TAFAKKUR CHARXI, KAMOLOT MEZONI

 Kitob mutolaasi kishini komillik sari yetaklaydigan, uning tafakkur xazinasini boyitadigan, zehnini o’tkir, mushohadasini teran qiladigan muhim vositadir. Insoniyat tomonidan kashf qilingan eng buyuk ixtiro, hech shubhasiz, kitobdir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev har bir chiqishlarida yoshlarimizni kitobxonlikka o’rgatish, bu ishga ijodkorlarni jalb etish haqida ta’kidlaydi. Zero, navqiron avlodni boy ma’naviy merosimiz bilan tanishtirish, ular qalbida tariximizga muhabbatni uyg’otishda kitob beqiyos ahamiyatga ega. Bu borada, avvalo, kitob mutolaa qilishni targ’ib qilish beqiyos ahamiyatga ega.


Shu maqsadda,NavDPI matematika-informatika fakulteti talaba-yoshlari bilan Farhod madaniyat saroyiga qarashli kutubxonaga sayohat qilindi.Talabalar kutubxonada mavjud kitoblar haqida ma’lumotga ega bo’libgina qolmay, kitoblarga bo’lgan qiziqishlari ham yanada oshdi.