Navoiy davlat pedagogika instituti bakalavr va magistratura bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomdor davlat stipendiyalariga (Alisher Navoiy, Bobur, Islom Karimov va Pahlavon Mahmud) hujjatlar qabul qilish boshlandi.
Talabgorlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar:
1. Pasport nusxasi
2. Ma’lumotnoma (obyektivka).
3. Ilmiy ishlar ro‘yxati, ularning asl nusxalari va linklari.
4. Viloyat, respublika va xalqaro darajadagi tanlovlar, ko‘razmalarda sovrinli o‘rin olganligi to‘g‘risida hujjatlar nusxalari(diplom va sertifikatlar)
5. Kafedra va fakultet yig‘ilishlarining bayonnomasidan ko‘chirma
6. Ilmiy rahbar xulosasi
7. 3×4 rasm (2ta)
8. Reyting daftarchasining transkript varianti
Barcha hujjatlar elektron shaklda pdf variantda, jildga (papkaga) joylangan holda taqdim etiladi.
Muddati: 23-maydan 20-iyungacha
Qabul qilish vaqti: 14:00dan 17:00gacha
Murojaat uchun telefon raqamlar: 93 157 70 77, 91 920 52 60, 94 370 02 01