Navoiy viloyatidagi oliy ta’lim, akademik litsey va professional ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul rahbar xodimlari va tyutorlar uchun Navoiy davlat pedagogika institutida “Ma’rifiy targ’ibot” mavzusida o‘quv kursi o‘tkazildi.
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor X.Qurbonov hamda dekan o‘rinbosari N.Umarovlar tomonidan “Ma’naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak”, “Bugungi dunyoning siyosiy-mafkuraviy manzarasi va yoshlarda vatanparvarlik g’olayalarini shakllantirish” kabi mavzularda hayotiy misollar bilan fikr-mulohazalar yuritildi.