Navoiy davlat pedagogika institutiga Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Yusupov Ahmadbek Tadjiyevich tashrif buyurib, doktorantlar va tadqiqotchilar bilan muloqot o‘tkazdi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga ehtiyojini ta’minlashga yo‘naltirilgan uzluksiz ta’limning oliy ta’limdan keyingi bosqichida dissertatsiya himoyalarini qanday shakllantirish va unda yuzaga kelayotgan to‘siqlar, OAK nizomi bo‘yicha tadqiqotchilarga berilayotgan yengilliklar va imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Shundan so‘ng OAK raisi doktorlik dissertatsiyasi tayyor bo‘lgan tadqiqotchilar bilan alohida uchrashuv olib bordi. Bunda Ahmadbek Yusupov dissertatsiya avtoreferatlarini tekshirib, o‘zining taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi.