loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovida talaba Marjona Mansurova munosib qatnashdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn kitobxonlik tanlovining 3-mavsumi o‘tkazildi.

Unda yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar hamda professional ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 125 ming nafarga yaqin talaba-yosh qamrab olindi. Yakuniy, final bosqichida eng ko‘p to‘g‘ri javob topgan ishtirokchilar g‘olib bo‘ldi.

Quvonarlisi, g’oliblar orasida Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi Marjona Mansurova munosib ishtirok etib 3-o‘rinni egalladi.

Talabamizni ushbu natija bilan samimiy tabriklaymiz!