18-may — Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan Sanʼatshunoslik fakulteti yoshlar koordinatori Z.Bekboyev va “Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi” taʼlim yoʻnalishining 3-kurs talabalari va kafedra oʻqituvchisi G.Xamidova birgalikda “GULAG” tarkibiga kiruvchi qatagʻon etilgan Oʻzbekistonlik mahbuslar saqlangan “Perm-36” qattiq tartibli mehnat lagerining maketini yaratib, NavDPI tuzilmasidagi Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi uchun tuhfa etishdi.
Muzey faoliyatini rivojlantirishdagi hissasi uchun talabalar tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan rag’batlantirildi.