Ayni kunlarda Navoiy Davlat pedagogika instituti Informatika kafedrasi professor-o‘qituvchilari Belorusiya milliy texnika universitetida malaka oshirmoqdalar. Mazkur malaka oshirish kurslarida Informatika kafedrasi professori t.f.d.(DSc) Sh.N.Nasirova, katta oʻqituvchi L.S.Qoʻldoshev, va oʻqituvchilar D.N.Jumayeva, T.T.Joʻrakulovlar ishtirok etib, tajriba orttirishmoqda. Safar dasturiga koʻra, instituti professor-o‘qituvchilari Belorusiya milliy texnika universiteti faoliyati va oliy taʼlim tizimi bilan tanishib, kelgusida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari ko‘zda tutilgan.