All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Ayteke biy tavalludining 380 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro madaniy tadbir bo’lib o’tdi

  Navoiy davlat pedagogika institutida Ayteke biy tavalludining 380 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro madaniy tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universiteti professor-oʻqituvchilari va talabalari hamda Tarix, Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim, Tabiiy fanlar, Oʻzbek tili va adabiyoti, Rus va qozoq filologiyasi, Matematika-informatika fakultetlarining qozoq tilli taʼlim yoʻnalishi talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirda  Ayteke biy hayoti va ijodiga bag’ishlangan ilmiy-amaliy anjumanda  professor-o‘qituvchilar tomonidan ilmiy mulohazalar, fikrlar bildirildi va talabalar tomonidan qozoq milliy raqs va kuy-qo‘shiqlari ijro etildi.

Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universiteti professor-oʻqituvchilari va talabalari Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi bilan tanishishdi.

Muzeydagi har bir eksponat mehmonlarga katta taassurot qoldirdi. Usha davrga oid arxiv hujjatlari, qatag’on va surgun qilingan ajdodlarimiz haqida birinchi prorektor, muzey direktori Xurshid Qurbonov ma’lumot berdi.