Kuni kecha Buxoro davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari Navoiy davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.
Xususan, tashrif mobaynida “Jahon tarixi” kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Shodmon Hayitov, “Islom tarixi va manbashunosligi, falsafa” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (Phd) Husen Jurayev hamda Misr Arab Respublikasidan Ayman Usmon Abduhalim Muhammad, arabshunos, Filologiya fakulteti menejeri Saidjon Hayrullayevlar institut rahbariyati hamda Tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashib, kelgusidagi ilmiy hamkorlik masalalari boʻyicha suhbat olib bordilar.