All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institutda “Milliy qadriyatlar sayli” o‘tkazildi

 

Alisher Navoiy nomidagi markaziy madaniyat va istirohat bog’ida Navoiy davlat pedagogika instituti yoshlari o‘rtasida milliy g’urur hamda vatanparvarlik tuyg’ularini yuksaltirish, asrlar oshsa-da hamon saqlanib kelayotgan milliy urf-odatlar, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng targ’ib qilish maqsadida “Milliy qadriyatlar sayli” tashkil etildi.

 

Festival doirasida milliy sport oʻyinlari: arqon tortish, tosh ko‘tarish, besh tosh, shuningdek, “street workout”, zakovat o‘yini, rasmlar, liboslar va qo‘l mehnati ko‘rgazmalari namoyish etildi. Milliy qadriyatlar va an’anaviy chiqishlar, kitoblar yarmarkasi barchada katta taassurot qoldirdi.