loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Oila mustahkamligi — jamiyat tinchligining garovi

 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan Tarix fakulteti hamda Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi hamkorligida “Oila mustahkamligi — jamiyat tinchligining garovi” mavzusida maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda fakultet talaba qizlarining milliy hunarmandchilik namunalari koʻrgazmasi, raqslar, sherlar namoyish etildi. Navoiy viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi yetakchi mutaxassisi N.Oʻroqova tomonidan kelin salom, lachak kiyish marosimining ahamiyati xususida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, “Farovon oila – jamiyat ravnaqining asosi”, “Oila institutini mustahkamlashning qonunchilik asoslari” kabi mavzularda maruzalar qilindi. Jarayonda institut xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Tursunova, kengash a’zolari Z.Ahmedova, G.Sultonova, fakultet tyutori A.Xolova, muzey ekskursovodi K.Qurbonova hamda talabalar ishtirok etdi.