All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov talabalar orasida kitob mutolaasini keng targ’ib etish, ular orasida vatanga muhabbat va shukronalik kabi tuyg’ularini yanada oshirish maqsadida 1- va 2-bosqich guruh sardorlari bilan uchrashdi.

  

Ochiq muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda oliy taʼlim tizimidagi tub islohotlar, davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar xususida soʻz bordi. Talaba-yoshlarni maʼnaviy yetuk shaxs sifatida tarbiyalashda ta’lim muassasasining o‘rni va unda kitob mutolaasiga urg’u berildi. Institut miqyosida kitobxonlik tanlovlari, mushoira kechalarini tashkil qilish bo‘yicha mas’ullarga muddatli topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga talabalarning takliflari tinglandi. Jarayon yakunida esa kitobxonlik tanlovida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan fakultet jamoalariga esdalik sovg’alari va pul mukofotlari topshirildi.