All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuvlar davom etmoqda

Navoiy davlat pedagogika institutiga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli adib Ashurali Jo‘rayev tashrif buyurdi. Ijodkor doira sadolari ostida, institut rektori Bahodir Sobirov boshchiligida tantanali kutib olindi.

Dastlab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida, institut yer maydonida qo‘llar duoga ochilib, yaxshi niyatlar bilan daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

 

Oliy ta’lim muassasalari talabalarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida NavDPI talabalari bilan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli adib Ashurali Jo‘rayev uchrashuvi tashkil etildi.

Ochiq va samimiy ruhda kechgan tadbirda ijodkorning ibratli, shu bilan birga mashaqqatli va mazmunli hayot yo‘li, ijodi, she’riy to’plamlari, tarjimalari haqida batafsil so‘z bordi. Adib Yurtimizdagi ulkan o‘zgarishlarni, islohotlarni, ibratli ishlarni, yaxshi va mehrli ijodkorlarni ilhom bilan gapirib berdi. Uchrashuv davomida talabalarning ham fikrlari, ijod namunalari tinglandi.

Tadbir yakunida ijodkorga institut rektorining tashakkurnomasi va esdalik sovg’alari topshirildi. Shuningdek, Qatag’on qurbonlari muzeyi bo‘ylab sayohat qilindi.