loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

JANGCHI-FAXRIYLAR OʻRTASIDA FUTBOL MUSOBAQASI OʻTKAZILDI

 Navoiy davlat pedagogika institutida Afgʻonistonda jangovar harakatlarda ishtirok etgan qoʻshinlarning cheklangan kontingentini chiqarilganligining 35 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston “Veteran” Jangchi-Faxriy va nogironlar birlashmasining “Birlashma kubogi-2024” musobaqasi Navoiy viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

“Navoiy” hamda “Buxoro” jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan baxsda viloyatimiz aʼzolari 6:1 hisobida zafar quchib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Musobaqada qatnashgan faxriy jangchilar esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Musobaqani oʻtkazishdan maqsad, Jangchi-faxriylarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishga jalb qilish, ommaviy sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirish hamda ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilishdan iborat.

  Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumatlari rahbarlari kengashi huzuridagi Askarlar-internatsionalistlar ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi N.Shuba — “Faxriylar va nogiron jangchilarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan gumanitar va ijtimoiy ahamiyatga ega dasturlarda faol ishtiroki uchun” Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Sobirov Bahodir Boypo‘latovich Tashakkurnoma bilan bilan taqdirlandi. Shuningdek, Oʻzbekiston “Veteran” Jangchi-Faxriy va nogironlar birlashmasining 30 yillik koʻkrak-nishoni bilan topshirildi.

  

“Faxriylar va nogiron jangchilarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan gumanitar va ijtimoiy ahamiyatga ega dasturlarda faol ishtiroki uchun” NavDPI Jismoniy madaniyat fakulteti dekani Nurullayev Abduxoliq Qahhorovich qo‘mita raisi N.Shubaning minnatdorlik xati hamda Oʻzbekiston “Veteran” Jangchi-Faxriy va nogironlar birlashmasining 30 yillik koʻkrak-nishoni bilan taqdirlandi.