Maʼlumki, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yurtimizdagi volontyorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tanlov eʼlon qilingan edi. Mazkur tanlovning barcha bosqichlaridan oʻtgan loyiha egalari joriy yilning 15-18- aprel kunlari Jizzax viloyatining Zomin oromgohida boʻldi. Ushbu tanvolda Navoiy davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilot kengashi Intellektual loyihalar koordinatori Bunyod Sirojov 45 mln. soʻm hamda Tadbirkorlik va innovatsion gʻoyalar loyihasi koordinatori Oybek Abduraimov 21 mln. 200 ming soʻmlik grand sohibiga sazovor bo‘lishdi.
Ushbu natija bilan talabalarimizni qutlaymiz! Yangi-yangi zafarlar yor bo‘lsin.