loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

KO‘RSATKICHI PAST MAKTABLAR BILAN TIZIMLI ISHLAR AMALGA OSHIRILADI

 Navoiy davlat pedagogika instituti hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

Unda oliy taʼlim muassasasiga biriktirilgan maktablarning taʼlim sifatini oshirish masalasiga eʼtibor berildi. Bunda institut professor-oʻqituvchilari maktab oʻquvchilari va pedagoglariga mahorat darslarini oʻtish, muassasani kerakli oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash, bitiruvchilarni oliy talim dargohlariga yuqori natijalar asosida qamrab olish kabi masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda institut professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan “Mobil metodik guruh” faoliyati e’tirof etildi. Guruh a’zolariga ta’lim sifati past bo‘lgan umumta’lim maktablari bilan ishlashda alohida “yoʻl xaritasi” ishlab chiqish topshirildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar ushbu guruh faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha o‘zlarining taklif va mulohazalarini bildirishdi.