loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Viloyat sport boshqarmasi mas’ullari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi

 Navoiy davlat pedagogika institutining axborot-resurs markazida o‘tkazilgan tadbirda dastlab institutning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori G’.Yodgorov so‘zga chiqib, bitiruvchilarni ishga joylashishida bugungi kundagi talablar va bitiruvchilar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar borasida fikrlarini bildirdi.

So‘ng Navoiy viloyati sport boshqarmasi mas’ullari tomonidan sport yo‘nalishidagi muassasa va tashkilotlarda talabalar amaliyotini tashkil etish, tizimda kadrlar faoliyati va ularga yaratilayotgan imtiyozlar hamda vakant ish o‘rinlari to‘g’risida to‘xtalib, yosh mutaxassislarni mehnat qonunchiligi asosida ishga qabul qilish tartibi bo‘yicha tushuntirish berdi.