loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

OCHIQ ESHIKLAR KUNI: LITSEY FAOLIYATIGA NAZAR

  Navoiy davlat pedagogika instituti akademik litseyida umumta’lim maktablari o‘quvchilari va ota-onalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilariga akademik litsey faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, fan va sport to‘garaklari haqida batafsil axborot berildi.

Akademik litsey o‘quvchilarining bugungi kungacha erishgan yutuqlari va unda litseyning jonkuyar va fidoyi pedagoglarining salmoqli hissalari borligi alohida e’tirof etildi. Shuningdek, o‘quvchilar dars mashg’ulotlarini kuzatishga muvaffaq bo‘ldilar. Tadbir so‘nggida nazorat sinovlarida yuqori ball olgan maktab o‘quvchilari litsey ma’muriyati tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.