Fizika-texnologiya fakultetida fizika fani bo‘yicha ilg‘or bilimli yoshlarni aniqlash va qo‘llab quvvatlash, ularning intellektual qobiliyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida birinchi bosqichi olimpiadasi o‘tkazildi. Talabalarning bilim salohiyati 50 ta savoldan iborat test sinovi orqali imtihon qilindi. Hakamlar hay’ati a’zolari jarayonlarning xolis, adolatli va shaffof o‘tishini kuzatib borishdi. Olimpiada o‘tkaziladigan fizika fani bo‘yicha birinchi bosqich topshiriqlari fan dasturiga mos holda, tegishli kafedra tomonidan ko‘p variantli qilib tuzildi. Variantlar maxfiyligini ta’minlagan holda olimpiadaning tegishli turi boshlanish vaqtiga qadar maxsus seyfda saqlandi.
“Fakultetimiz talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan olimpiadaning maqsadi – talabalarning o‘quv-bilish, o‘quv-tadqiqotchilik faoliyatini rag‘batlantirish; yoshlarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish; iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash uchun zaruriy sharoitlarni yaratish; har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishdan iborat…”-dedi, prof. A.Axmedov.