Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi masalalariga bagʻishlangan muhim sanalar boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlar kalendar rejasining 5-bandiga muvofiq, 2024-yil 25-mart kuni Respublikamizda “Yer vaqti (kuni)” nishonlash belgilanganligini inobatga olib, institut bino va inshootlarida aksiya о‘tkazildi.
Aksiya doirasida bir soatga barcha chiroq, kompyuter texnikasi, sovitish va isitish uskunalari hamda boshqa elektr energiyasi orqali foydalanish vositalari tarmoqdan uzilib, xodimlar bir soat muddatga koʻchaga chiqib, sayr qilinishi tashkil etildi.