Kiyev milliy universiteti professori Aleksandr Beznosyuk Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti talabalariga amaliy dars mashg’uloti o‘tib, mutaxassislik fanlaridan savol-javob o‘tkazdi. Shuningdek, fakultet professor-o‘qituvchilari bilan ham muloqot qilib, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tuzilgan hamkorlik ishlari, Ukraina ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati, ta’lim jarayoni haqida to’xtaldi.
Olim mamlakatimizda ta’lim sohasiga berilayotgan e’tibor, professor-o‘qituvchilar uchun yaratilayotgan qulayliklar, shart-sharoitlar xususida fikrlarini bildirdi.