Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbarining 2024-yil 4-martdagi “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g’risida”gi qarori bilan Navoiy davlat pedagogika instituti “Boshlang’ich ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi Omonboyeva Meruyert Erkin qizi “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga bilan taqdirlandi.
Institutimizning faol, tashabbuskor xotin-qizlari mana bu yil, ketma-ket 5-yil “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boʻldi.
NavDPI faollar zalida institut rahbariyati hamda Navoiy shahar hokimligi boshchiligida professor-o‘qituvchilar, talabalar “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Meruyert Omonboyevani va uning onasi tantanali kutib olindi.
Institut jamoasi nomidan ularga ehtirom ko‘rsatilib, mehnatlari e’tirof etildi hamda qimmatbaho sovgʻalar topshirildi. Shuningdek, Meruyertning onasiga va ustoziga ham institut rektorining tashakkurnomasi va esdalik sovg’alari ulashildi.