loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Muqaddassan, Ayol!

 Go‘zallik va nafosat bayrami munosabati bilan NavDPI Matematika-informatika fakulteti talabalari  tomonidan “Sen baribir  muqaddassan, muqaddas ayol” nomli bayram dasturi namoyish etildi.
Тadbirni fakultet dekani A.O.Norbekov kirish so’zi bilan ochib berib, go’zal va maftunkor talaba qizlarimizni, aziz ustozlarimizni bayram bilan tabrikladi. Ularga yil davomida bayramona kayfiyat, bahor go’zalligi tark etmasligini tiladi. Ko’tarinki ruhda o’tkazilgan tadbirda talaba qizlarimiz 5ta shart asosida bellashib, o’z iqtidorlarini namoyish etibgina qolmay, oilada ham qanchalik pazanda va ijodkor ekanliklarini ham yana bir bor namoyon etdilar. Shuning bilan birga, ajoyib kuy-qo’shiq va raqslar, shahna ko’rinishlari hakamlar hay’ati va tomoshabinlarga ajoyib kayfiyat bag’ishladi. Shuningdek, bellashuvda munosib ishtirok etganlar munosib taqdirlandilar.