All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

NAVRO‘Z OLDI SPORT O‘YINLARI

 Yurtimizga yaqinlashib kelayotgan Navro‘z shukuhi dillarga shukuh, bayramona kayfiyatni olib kirayotgani ayni haqiqat. NavDPI “Fizika-texnologiya” fakultetida yasharish va yangilanish shodiyonasi munosabati bilan bayram sayillari, sport musobaqalari, turli tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi. Fakultetda umumxalq bayrami – Navro‘zi olamga bag‘ishlab sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqaga start berildi. Birinchi kungi bahslar qizg‘in kurashlar ostida kechdi. Ayniqsa, yarim finalga yo‘llanma olgan “Texnologik ta’lim” yo‘nalishi 3-bosqich qizlar jamoasi hamda “Texnologik ta’lim”yo‘nalishi 1 -bosqich qizlar jamoalari o‘rtasidagi bellashuvlar murosasiz bo‘ldi. Finalga esa 3-bosqich qizlar jamoasi yo‘l oldi. Musobaqalar davom etmoqda…

“Fakultet talabalari o‘rtasida ommaviy sport turlarini rivojlantirish, yoshlarni darsdan bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish hamda ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilayotgan ushbu bellashuvlarni doimiy ravishda tashkil qilib borishni rejalashtirganmiz…”- dedi fakultet tyutori G.Ikromova.