loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Sen mo’tabar, muqaddasan ayol!

  Bahor – fasllar kelinchagi. Bunda gulyaproqlarning muattar hidi, jonbaxsh yellarning ajib sho‘xligi, uyg‘ongan hayotning nafis nafasi qalblarni junbushga keltiradi. 2024-yilning 5- mart sanasida Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetida boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 2 -bosqich B guruhi talabalari tomonidan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag’ishlangan «Sen mo’tabar, muqaddasan ayol!» nomli bayram tadbiri o’tkazildi.


Tadbirda Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti dekani G.D.Shamsidinova hamda yoshlar masalalari bo’yicha dekan o’rinbosari Q.B.Umarov so’zga chiqib barcha o’qituvchi murabbiylarni va talaba qizlarni bayram bilan tabrikladi. Talabalar tomonidan ijro etilgan bir-biridan go’zal raqslar, kuy -qo’shiqlar barchaga ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.