Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat hamda Tabiiy fanlar fakultetlari talabalari uchun “Biz sog’lom hayot tarafdorimiz’ mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda Ichki ishlar vazirligi JQBdan mayor F.O‘taganov, Navoiy viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimi, kapitan M.Sayfullayev, Navoiy viloyat OITSga qarshi kurashish markazi shifokori D.Davronovalar ishtirok etib, mavzuga oid ma’lumotlar berishdi.
Shuningdek, talaba-yoshlar orasida turli huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.