Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov prorektorlar, boʻlim boshliqlari, fakultet dekanlari va o‘quv ishlari hamda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari bilan navbatdagi yig’ilish oʻtkazdi.
Yig’ilish kun tartibiga ko‘ra, NavDPI Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining 2023-yildagi faoliyati, Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish holatlari tahlil qilindi.
Shu bilan bir qatorda, yotoqxona va ijarada turadigan talabalar holidan muntazam xabar olish, talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, OAVlariga chiqish qilish, gazetalarga maqolalar chop ettirish va boshqa bir qator masalalarga alohida to‘xtaldi. Ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli topshiriqlar, ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.