Navoiy shahridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi binosida Navoiy viloyati hokimligi, Madaniyat boshqarmasi va Navoiy davlat pedagogika instituti Sanʼatshunoslik fakulteti hamkorligida musiqa taʼlimi, cholgʻu ijrochiligi, vokal sanʼati yoʻnalishlari professor-oʻqituvchilari va talabalari tomonidan “Vatan madhin kuylasin yoshlar” nomli hisobot konsert dasturi tashkil etildi.
Konsertda xor jamoasi, talabalar maqom ansambli, cholgʻu orkestri, yakka ijrochilar, opera va estrada xonandalari oʻzlarining dasturlari bilan ishtirok etishdi.
Tadbir yakunida fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalariga hamda ishtirokchilarning ota-onalariga tashakkurnoma va badiiy adabiyotlar ulashildi.
Shuningdek, konsert tashkilotchilari Buxoro shahriga sayohatga yuborilishi ma’lum qilindi.