Navoiy davlat pedagogika instituti faollar zalida talaba qizlar o‘rtasida “Nafosat malikalari” nomli qizlar bellashuvi o‘tkazildi. Tanlov 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni hamda shoira Zulfiyaxonim tavalludining 109 yilligi munosabati bilan tashkil etildi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar, xodimlar, tyutorlar, talabalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etti.
Bunda har bir fakultetdan 1 nafardan talaba-qiz 3 shart bo‘yicha bahslashadi.
1-shart — tanishtirish. Talabalar she’riy yoki nasriy tarzda o‘zlari haqida ma’lumot berishadi.
2-shart — Alla aytish. Bunda talabalar turli ko‘rinishda allalar ijrosini kuylashadi.
3-shart — “Mevali karving” tayyorlash. Unda 11 nafar ishtirokchi 3 ta shart bo‘yicha bellashishdi.
Hakamlar hay’ati yakuniy xulosalariga ko‘ra, 1-o‘ringa O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi Xulkar Jo‘raqulova, 2-o‘ringa Matematika-informatika fakulteti talabasi Irodabegim Abduqirova va Tibbiyot fakulteti talabasi Farangiz Nasriddinovalar, 3-o‘ringa Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabasi Rayxon Isakulova hamda Tarix fakulteti talabasi Shaxzoda Keldiyorovalar ega bo‘lishdi.
Ishtirokchilar institut rektorining diplom, tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.