loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

OG‘USIZ XAËT SARI

   NavDPI “Fizika-texnologiya” fakultetida «Og’usiz xaët sari» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Insoniyat tarraqiyotning yangi-yangi cho‘qqilarini zabt etmoqda. Biroq jahonda xalqlar, millatlar kelajagiga tahdid tug‘diruvchi bir qancha omillar hamon saqlanib qolmoqda. Tadbirda ana shunday xatarlardan biri giyohvandlik balosi ekanligi, global muammoga aylangan ushbu illatga qarshi kurashishda davlatlararo hamkorlik muhim ahamiyat kasb etayotganligi to‘g‘risida misollar yordamida, yoshlarga ma’lumotlar berildi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra dunyoda 500 milliondan ortiq odam giyohvandlik dardiga yo‘liqqan. Uning aksariyat qismini 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etmoqda.

Buning oqibatida har yili 200 mingdan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumadi. Shu bilan birga, jahonda sodir etilayotgan jinoyatlarning 57 foizi giyohvandlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Eng yomoni giyohvandlik, OITS kasalligini keltirib chiqaradi. “Kasallikdan qo‘rqish emas, undan himoyalanish lozim. Bu kasallik haqida yashirish emas, balki halqimizga, o‘sib kelayotgan yosh avlodga kasallik, yuqish yo‘llari, himoyalanish usullari haqida kengroq ma’lumot berish lozim. Shundagina kasallikning oldini olib, yuqish yo‘lini kamaytirgan bo‘lamiz…”-dedi Navoiy viloyati OITSga qarshi kurashish markazi shifokori X.Sattorov.