Talaba-yoshlar orasida milliy harakatli o’yinlarimizni targ’ib qilish, bebaho qadriyatlarni kelajak avlodga yetkazish, sog’lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida 24-fevral sanasida Navoiy davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar Kengashi, institut sport klubi hamda fakultetlar hamkorligida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan talaba-qizlar o‘rtasida “Sog’lom turmush tarziga amal qilaylik” shiori ostida milliy harakatli o‘yinlardan tashkil topgan musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa yakunida quyidagicha natija qayd etildi:
1-o‘rin — Jismoniy madaniyat fakulteti;
2-o‘rin — Tarix fakulteti;
3-o‘rin — San’atshunoslik hamda Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetlari.