Joriy yilning 23-fevral kuni Navoiy davla pedagogika instituti «Axborot resurs markazi»da Tabiiy fanlar hamda Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari va o’qituvchilari, O’zbekiston Respublikasi tog’-metallurgiya faxriylar kengashi bilan «Uch avlod uchrashuvi» tashkil etildi. Ushbu uchrashuv Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 21-fevraldagi 3/15- 1/3-20-son xatida berilgan topshiriqlar ijrosiga qaratildi.
Uchrashuvda ilmiy faoliyat bilan shug’ullanadigan olimlar Temirov Baxtiyor Ro’ziyevich, Nurullayev Abduholiq Qahhorovich, Jumabayev Bahodir Erejepovich, tog’-metallurgiya faxriylar kengashi a’zolari Boboqulov Sobirjon Turg’unovich, Sharipov Hamid Sharipovich, Hamidov Ne’mat Astanovich, Usmon Isayev, institut professor-o’qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.
Ustozlar hayoti va mehnat faoliyati davomida toʻplagan boy tajribasi, yoshlik davridagi oʻziga xos qiyinchiliklar va ilm haqida nutq so’zlashdi.