loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“UCHINCHI RENESSANS POYDEVORI”

  O‘z boshidan o‘nlab istilolarni o‘tkazgan, sitamlar ostida uzoq yillar yashashga mahkum bo‘lgan, soxta va balandparvoz g‘oyalarning «quli»ga aylantirilgan xalqimiz har doim o‘z kelajagini ilmu- ma’rifatda deb bilgan. Shu sabab ham bugungi kungacha «bolam o‘qisin» degan istak xalqning o‘yu fikrini band qilgani, ushbu orzu-umid yo‘lida jonini jabborga berishga tayyorligi ayni haqiqat. NavDPI “Fizika-texnologiya” fakultetida “Uchinchi renesans poydevori” mavzusida davra suhbatlari hamda axborot tyutorlik soatlari o‘tkazilmoqda. Tadbirlarda talabalar, bugungi globallashayotgan zamonda makon tushunchasi torayib boryotganligi, dunyoning narigi burchagida axborotni lahza o‘tmay bu nuqtasida ko‘rish mumkinligi, ammo muhimi, Vatan va uning istiqboli haqida qarashlar hech qachon toraymasligi, Prezidentimizning mamlakatimiz kelajagini ta’lim va ilmu fanda ko‘rayotganliklari, uchinchi Renessans g‘oyasi milliy g‘oya darajasiga ko‘tarilgani, zamonaviy dunyoga yuzlanish hamda dunyo bilan tenglashmoq istagida ana shu Vatan va millat tuyg‘usining yana bir jilvalanishini ko‘rish mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. “Bu tuyg‘u xalqimizning qonida jo‘sh urib turgan ma’rifatga tashnalik va o‘sha olis o‘tmishdagi buyuk Uyg‘onish nasimlarining sog‘inchi bilan mushtarakdir. Shunday ekan, dunyo sahniga yana yangi tamaddun bilan bo‘ylamoqqa xalqimiz ming bora haqlidir…”-dedi fakultet tyutori G.Ikromova.