All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Yaxshilik istar ko‘ngil…” nomli adabiy-badiiy tadbir

 14-fevral buyuk Temuriylar sulolasi davomchisi, Boburiylar sulolasi asoschisi, shoh va shoir, tarixchi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun. Ushbu tarixiy sana munosabati bilan NavDPI Oʻzbek tilshunosligi kafaedrasi tomonidan “Yaxshilik istar ko‘ngil…” nomli adabiy-badiiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbir avvalida birinchi prorektor X.Qurbonov, Navoiy viloyati Jangchi –faxriylar bo‘limi raisi o‘rinbosari A. Karimovlar nutq so‘zlab, Bobur hayoti va ijodi haqida ilmiy mulohazalarini keltirishdi.

 

Shundan so‘ng Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti talabalarining Bobur gʻazallari asosidagi musiqiy va kompozitsion chiqishlari, raqslar namoyish etildi, sahna koʻrinishlari, ruboiylar ijro etildi.

Bu kabi maʼnaviy tadbirlar fakultetlar boʻylab davom etmoqda