loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

  Hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning turli joylarida ro‘y berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasidagi chuqur o‘zgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshig‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda. NavDPI “Fizika-texnologiya” fakultetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Hammamizga ma’lumki harqanday kasallikning oldini olish uchun avvalo kishi organizmida unga qarshi kurashuvchi immunitet hosil qilinadi. Shunday ekan biz yoshlar ongida ham ona Vatanimizga bo‘lgan muhabbatimiz, qadimiy boy tariximizga, ota-bobolarimiz kabi o‘z dinimizga sadoqat tuyg‘ularini yanada shakillantirishimiz, kelajak avlodlarga yetkazib, kerak bo‘lsa ularning ongida va qalbida mafkuraviy, ma’naviy immunitetni kuchaytirishimiz muhim o‘rin tutadi.


Toki yoshlar milliy o‘zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqurroq anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo‘lib yetishsin. Ana shundagina johil aqidaparastlarning bizlar uchun mutlaqo begona g‘oyalari ham yoshlarimizga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydi.