Navoiy davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakulteti hamda Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamkorligida “Bugungi talaba – ertangi ustoz” mavzusida master klass haftaligi oʻtkaziladi.
12-fevral kuni mazkur haftalikning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Ochilish marosimida Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Gʻ.Yodgorov, Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi masʼullari, fakultet professor-oʻqituvchilari, maktabgacha va maktab taʼlimi oʻqituvchi pedagoglari hamda fakultet talabalari ishtirok etdi. Mazkur haftalik 16-fevral kuniga qadar davom etadi.