Joriy yilning 12-fevral kuni Navoiy viloyati «Ma’naviyat va ma’rifat» markazida «Buyuk allomalarimizning ilmiy merosini targ’ib qilish bo’yicha» mavzusida seminar trening bo’lib o’tdi. Unda Navoiy davlat pedagogika instituti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosarlari va tyutorlari ham ishtirok etishdi. Mutaxassislar tomonidan turli buzgʻunchi gʻoyalarning paydo boʻlishi hamda insoniyat hayotiga salbiy taʼsir koʻrsatib kelayotganligi, dinni niqob qilib olgan turli ekstremistik tashkilotlar oʻz g’arazli g’oya va qarashlariga m’anaviy bo’shliqqa ega yoshlarni davat etib kelayotganligi va bu borada davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan keskin choralar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, viloyatdagi mas’ullarga o’z faoliyatlarida foydalanishlari uchun targ’ibot materiallari taqdim etildi.
Tadbir so’ngida dekan o’rinbosarlari «Ma’naviyat va ma’rifat» markazida joylashgan muzey bilan tanishdilar.