loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

NAVOIYXONLIK TADBIRLARI  DAVOM ETMOQDA

  Buyuk mutafakkir, she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlab NavDPI “Fizika-texnologiya” fakultetida  “Navoiyxonlik” tadbiri  tashkil etildi. Talabalar Alisher Navoiy bobomizning g‘azal va ruboiylaridan namunalar aytishib, asarlari asosida kichik sahna ko‘rinishlari namoyish etishdi. Bu borada ayniqsa, “Texnologik ta’lim” yo‘nalishi talabalri tayyorlagan tadbirlari diqqatga sazovor bo‘ldi. Negaki, ta’lim dargohlarida o‘tkazilayotgan bu kabi badiiy kechalar, Navoiy bobomiz asarlari mazmunini chuqur anglashga, yoshlarni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashga, mehr-oqibat va o‘zaro hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi, degan umiddamiz. “Yoshlarni yuksak ma’naviyatli, teran tafakkurli insonlar etib tarbiyalashda buyuk mutafakkir ijodining ahamiyati xususida so‘z yuritilar ekanmiz, talabalar tomonidan aytilgan shoir g‘azallari, ruboiylaridan namunalar, dostonlari asosida tayyorlangan kichik sahna ko‘rinishlari buning yorqin timsoli ekanligi o‘z ifodasini aks ettirdi.