loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Alisher Navoiy – So‘z mulkining sultoni

 Buyuk mutafakkir, sheʼriyat mulkining sultoni Navoiy ijodi bamisoli cheksiz bir ummon, ushbu ummonga qancha chuqurroq shoʻngʻisangiz shuncha koʻp inju terasiz. Shu sababdan ham Navoiy asarlari mana 6 asrdan buyon oʻz qiymatini, betakrorligini yoʻqotmagan. Navoiy asarlarini qanchalik koʻp oʻqigan sari, oʻrgangan sari, shuncha koʻp hayratga tushadi kishi.

Fizika-texnologiya fakulteti “Texnologik ta’lim” yo‘nalishi talabalari ishtirokida “G‘azal mulkining sultoni” nomli badiiy kecha tashkil etildi. Navoiy deganda eng avvalo ko’z o’ngimizda yorqin bir siymo gavdalanadi. Biz u kishini o‘z ko’zimiz bilan ko’rmagan bo’lsakda, u kishi haqida juda ko’p o’qiymiz, izlanamiz. Xalqimizda Navoiyni bilmagan, u haqida eshitmagan, uning g’azallaridan yod olmagan kishining o’zi bo’lmasa kerak. Tilimizda go’zal asarlar yaratgan buyuk adibimiz necha-necha zamonlardan beri ulug’lanib kelingan. Uning Farhodu Shirinlari, Layliyu Majnunlari bugun ham barhayotdirlar. Yaratgan asarlari, mumtoz g’azal, ruboiylari har bir kishining ma’naviy ozuqasini oshirishga xizmat qiladi. Chunki Navoiyning asarlararida g’ayrioddiylik, insonlarga xos mehr-oqibat, sevgi-muhabbat tuyg’ulari tarannum etilgan.