Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov 1-sonli talabalar yotoqxonasida bo‘lib, talabalarning yashash sharoitlarini ko‘zdan kechirdi. O‘rganish natijasida aniqlangan muammo va kamchiliklarni tez fursatda bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shu bilan birga yotoqxonada yashaydigan talabalar bilan suhbat o‘tkazildi. Xususan, talabalar bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishlari va ko‘proq kitob mutolaasi bilan band bo‘lishlari, odob-axloq qoidalari bilan tanishib, unga rioya etish lozimligi kabi masalalarda kerakli tavsiyalar va maslahatlar berildi.