All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti xotirasiga bag‘ishlangan davra suhbati

 Joriy yilning 30-yanvar kuni Farhod madaniyat saroyiga qarashli 3-sonli kutubxonada NavDPI matematika-imformatika fakulteti tyutorlari va talabalari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov yodga olinib, buyuk yo‘lboshchimizning og‘ir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda O‘zbekistonni rivojlanayotgan davlatlar qatoriga qo‘shganligi to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligiga qo‘shgan hissasi, sermazmun hayoti va faoliyati muhrlangan foto hujjatlar bilan tanishdilar. Shuningdek, tadbir so‘nggida vatanimiz mustaqilligi va uning birinchi yo‘lboshchisiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.