loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

RShTYoIM Navoiy viloyati filiali oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 7-dekabrdagi 5590-sonli  va 2020-yil 17-noyabrdagi 6112-sonli  Farmonlari ijrosini taʼminlash maqsadida  Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor B.Sobirov hamda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam koʻrsatish ilmiy markazining Navoiy viloyati filiali direktori, tibbiyot fanlari nomzodi B.Jalilov oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Shartnomada davolash profilaktik muassasalarida Tibbiyot fakulteti talabalarining amaliyot oʻtashi, ilmiy tadqiqot olib borishi va boshqa shu kabi hamkorlikdagi ishlarni amalga oshirish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, talabalar RShTYoIM Navoiy filialida yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, zaruriy bilimlarni oldilar.