O’zbek futboli rivojiga munosib hissa qo’shgan, sport sohasi fidoyisi, Navoiy davlat pedagogigka instituti Jismoniy madaniyat fakulteti dekani Abduxoliq Nurullayev O’zbekiston futbol assotsiatsiyasining “O‘zbekiston futbol rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Viloyat hokimi Normat Tursunov, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Odil Ahmedovlar Abduxoliq Nurullayevga O’zbekiston futbol assotsiatsiyasining ko’krak nishonini topshirdi.
Ma‘lumot o’rnida, Abduxoliq Nurullayev 1992-yildan buyon Navoiy davlat Pedagogika institutida turli lavozimlarda faoliyat olib bormoqda.